Endilikda Googlening SI-qidiruv tizimidan O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin

Cover Image for Endilikda Googlening SI-qidiruv tizimidan O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin

Google kompaniyasi 100 dan ortiq mamlakatda SI-qidiruv tizimi ishga tushirilganini maʼlum qildi. Sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan xulosalar (AI Overviews) Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika, Nigeriya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

The Verge nashrining xabar berishicha, yangi qidiruv tizimi ingliz, hind, yapon, indonez, portugal va ispan tillarini qo’llab-quvvatlaydi. Bu esa ma’lumot qidirish jarayonini yanada tezlashtiradi.

Shu bilan birga, jamoa sun’iy intellekt ma’lumotlarida iqtibos keltirilgan manbalarga havolalar yana-da ko‘zga tashlanadigan qilib joylashtirildi. Bu foydalanuvchilarga qo‘shimcha maʼlumot olish uchun asl manbaga o‘tishni osonlashtirish, shuningdek, veb-saytlarni trafikdan mahrum qilmaslik maqsadida amalga oshirildi.