Xitoyning Urtopia kompaniyasi, ChatGPT mikrofonlar va dinamiklar o’rnatilgan hamda insonlar bilan bevosita suhbatlashish imkonini beruvchi velosipedni namoyish etdi.
Shuningdek, harakat vaqtida siz ushbu velosipeddan marshrut yo’nalishlarini so’rashingiz hamda, ob-havo hisobotidagi o’zgarishlarni ko’rishingiz mumkin. Sun’iy intellekt hatto inson darajasidagi suhbatni ham qo’llab-quvvatlaydi.
Ma’lum qilinishicha, qurilmada smartfon bilan sinxronizatsiya ham mavjud bo’lib, unda siz mashg’ulot natijalarini va velosiped joylashuvini ko’rishingiz mumkin. Lekin, uning narxi hozircha noma’lum, ammo, mutaxassislar yil oxirigacha e’lon qilinishini ta’kidlashmoqda.