Ekin maydonlarini begona o’tlardan tozalashda sun’iy intellekt yetakchi vosita sifatida

Cover Image for Ekin maydonlarini begona o’tlardan tozalashda sun’iy intellekt yetakchi vosita sifatida

Ma’lumki, ekin maydonlarini begona o’tlardan tozalash jarayonida an’anaviy kimyoviy usullardan foydalanib kelingan. Ammo, mazkur usul, begona o’tlarni yo’qotgandan so’ng ekin tarkibida saqlanib qoladi hamda iste’mol qilganda nojo’ya holatlarni keltirib chiqaradi.

Yuqorida keltirilgan muammolarni oldini olish maqsadida olimlar kompyuter orqali nazorat qilinadigan, SI tizimiga asoslangan aqlli robotni yaratishdi.

BoniRob deya nomlangan qishloq xo’jaligi roboti ekin maydonidan begona o’tlarni tozalashda kamera va tasvirni aniqlash texnologiyasidan foydalanadi.

Ushbu tizimning eksperimental natijalari shuni ko’rsatadiki, uning o’simliklar tasnifi va begona o’tlardan tozalash darajasi 90% yoki undan yuqori, shu bilan birga chuqur tuproq namligini 80 ± 10% da ushlab turadi.