Egiluvchan materiallardan tayyorlangan elektron teriga ega yumshoq robot

Cover Image for Egiluvchan materiallardan tayyorlangan elektron teriga ega yumshoq robot

Edinburglik tadqiqotchilar tomonidan cho’ziladigan elektron terini yaratildi. Xusan, mazkur teri yumshoq robotlarga birinchi marta insonlar va hayvonlarnikiga o’xshash jismoniy harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, texnologiya qurilmalarning eng nozik muhitda harakatini to’g’ri aniqlash imkonini berib, yumshoq robototexnika sohasidagi yutuqlarga yordam berishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda metall yoki qattiq plastmassadan ko’ra egiluvchan materiallardan tayyorlangan elektron teriga ega yumshoq robotlar xavfli holatlarda foydalanish uchun qulay vosita bo’lib xizmat qiladi.

Tadqiqotchilar qalinligi 1 mm bo’lgan elektron terini yaratishda sun’iy intellektdan foydalanib, yumshoq robotlarga real vaqt rejimida uch millimetr aniqligi bilan deformatsiyalarini tez his qilish xususiyatini berishdi.