Dunyoning eng qimmat kompaniyalar uchligidagi joylar almashdi

Cover Image for Dunyoning eng qimmat kompaniyalar uchligidagi joylar almashdi

Dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida “Nvidia” bir pog’ona yuqorilab “Microsoft”ni ortda qoldirdi.

Hafta boshida Nvidianing aksiyalari 2,43 foizga qimmatlashib, kompaniyaning kapital narxi 3,39 trln AQSH dollarga yetdi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining ommalashishi va yangi chiqarilgan “Blackwell” chiplarining sotuvi ortidan kompaniya daromadi shiddat bilan o’smoqda. Ta’kidlash joizki, “Nvidia” aksiyalari yil boshidan hozirga qadar 2,8 baravarga qimmatlashgan.

Ma’lumot o’rnida, ushbu reytingda birinchi o’rinni egallab turgan “Apple” kompaniyasining kapital narxi 3,52 trln AQSH dollarni tashkil etadi.