Tel-Aviv universiteti olimlari yurakni 3D printerida chop etishdi. Uning o’lchami taxminan 2,5 sm bo’lib, uni chop etish 3 soat davom etdi.
Ma’lum qilinishicha, texnologiya hali rivojlanishning dastlabki bosqichida, ammo ta’lim maskanlarida, maktablar, universitetlar va shifokorlar uchun murakkab operatsiyalarni rejalashtirish uchun foydalanilmoqda.
Sun’iy yurakning tarkibi uning ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha tomirlarni, biriktiruvchi to’qimalarni yaratish uchun kollagen oqsilini va turli xil biologik molekulalarni o’z ichiga oladi. Ammo hujayralarda hali nasos qobiliyatini shakllantirmagan. Ular hozirda qisqarish qobiliyatiga ega, ammo ular birgalikda ishlashi kerak.
Ushbu texnologiya kelajakda transplantatsiya uchun organlarning etishmasligi muammosini hal qiladi hamda transplantatsiya jarayonini imkon qadar osonlashtiradi.