Diqqat tanlov!

Cover Image for Diqqat tanlov!

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti talabalarning raqamli va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijodiy yondashuvini shakllantirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston manzarasi SI nigohida” ijodiy ishlar onlayn tanlovini e’lon qiladi! Tanlovda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib generatsiya qilingan rasm va videolaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni 👉 @AIRI_qabul_bot manziliga 1-dekabrga qadar yuborishingizni so’raymiz.

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan saralanadi va g’oliblarni aniqlash uchun Institutning rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi. Materiallar ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi va eng ko’p ovoz to’plagan ijodiy ishlar g’olib deb topiladi hamda Institut rahbariyati tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Yakuniy natijalar institutning 👉@airiuz telegram kanalida e’lon qilinadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish uchun havola:https://docs.google.com/document/d/1Kidv_ZtXD52LO53wpqkHBtF4scc3eMa_Easu0y1uQAU/edit?usp=sharing.