Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining “05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” yo’nalishi tayanch doktoranti Qodirbek Maxarovga Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi.
Ma’lumot o’rnida, Qodirbek Maxarov institut ilmiy kengashida “Berilganlarda noaniqlik boʻlganda qaror qabul qilish tizimi” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo’ldi.


