Diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Cover Image for Diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining “5.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” yo’nalishi tayanch doktoranti Sardor Jumaniyozovga Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi.

Ma’lumot o’rnida, Sardor Jumaniyozov institut ilmiy kengashida “Murakkab sohada nostatsionar ikki o’lchovli issiqlik tarqalish masalasini sonli modellashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo’ldi.