Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosini sifatli tashkil etish kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

Cover Image for Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosini sifatli tashkil etish kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

Kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengaytirilgan majlisda Davlatimiz rahbari boshchiligida “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hamda vazirlik va idoralarning 2024-yilgi ustuvor vazifalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishida berilgan vazifalar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.