Qishloq xo’jaligida ekinlarni parvarish qilish katta ishchi kuchini talab qiladi. Endilikda tadqiqotchilar ushbu muammoni oldini olishda foydali bo’lgan “Ecorobotix” deb, nomlangan robotni yaratdi.
Peter Grad tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ushbu robot, GPS yordamida boshqariladi. Shuningdek, “Ecorobotix” ekin maydonlarida aylanib, u yerdagi begona o’tlar va zararkunandalarni bartaraf etadi. Olimlarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, mazkur robot tabiatga mutlaqo zarar keltirmaydi.
Ta’kidlash joizki, “Ecorobotix” quyosh batareyasidan quvvatlanadi. Tajriba-sinov jarayonida ushbu robot 95% ijobiy samaradorlikni qayd etgan deya xabar berdi “Techxplore.com” sayti.