Chorvachilik sohasida qo’llanilyotgan sun’iy intellekt tizmi haqida bilasizmi?

Cover Image for Chorvachilik sohasida qo’llanilyotgan sun’iy intellekt tizmi haqida bilasizmi?

Ma’lumki qishloq xo’jaligida chorvachilik sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga ehtiyoj katta. Shu jumladan, jahon tajribasida qo’llanilyotgan CattleEye kompaniyasining V7 mashina o’rganishning tahlil tizimi chorvachilikdagi bir qancha kasalliklarni oldini olishga e’tibor qaratgan.

Mazkur tizim qoramollarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi hamda fermerlarga mavjud muammolarga qarshi kurashish uchun tahlil natijalarini taqdim etib boradi. Xususan, algoritmlar video ma’lumotlarni ko’rib chiqadi va xatti-harakatlari bilan bog’liq muammolarni ko’rsatishi mumkin.