Garvardning axborot texnologiyalari va tibbiyot bo‘yicha mutaxassisi doktor Ayzek Koxeyn ikki hamkasbi bilan birga ChatGPT-4 versiyasini tibbiy sohada sinab ko‘rdi. Tadqiqot natijasida ChatGPT-4 tizimi ko‘plab shifokorlardan yaxshiroq ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu haqda “3d news” xabar berdi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mart oyida chiqarilgan ChatGPT-4 modeli tibbiy litsenziyalash imtihonida 90% natija qayd etib, litsenziyaga ega bo‘lgan ba’zi shifokorlarni ham ortda qoldirgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt shifokorlarga palatada o‘zini qanday tutishi va bemorning holatini aniqlash hamda qanday munosabatda bo’lish kerakligi bo‘yicha foydali maslahatlar bergan.