Chatbotlarni baholash uchun ochiq manbali SI platformasi yaratildi

Cover Image for Chatbotlarni baholash uchun ochiq manbali SI platformasi yaratildi

Kembrij universiteti boshchiligidagi muhandis, matematik va kognitiv kompyuter olimlari jamoasi tomonidan “ChekMate” deb, nomlangan ochiq manbali baholash platformasi ishlab chiqildi.

Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan ushbu platforma foydalanuvchilarga katta til modellari (LLM) bilan o’zaro muloqot qilish va ularning ishlashini baholash imkonini beradi.

Tadqiqot guruhi muammolarni hal qilishda LLMlar qanchalik yordam berishi shuningdek, foydalanuvchilarning eng ko’p qismi qaysi chatbotlardan zarur maqsadlarda foydalanayotganligi va ular o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgandi.

Jamoa “ChakeMate”ni matematik muammolar bo’yicha sinovdan o’tkazgan bo’lsada, ularning ta’kidlashicha, ushbu platformani keng doirada moslashtirish mumkin.

Saidova Bahora tayyorladi.