Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich

Cover Image for Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich

Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich 1994-yil 17-noyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich 2022-yil 1-iyuldan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining Matbuot kotibi lavozimiga ishga qabul qilingan.

Bo’ronov Nazim 100 dan ortiq respublika va xalqaro tanlovlar ishtrokchisi va g‘olibi sanaladi. 2017-2021-yillarda O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetini imtiyozli diplomga tugatdi. Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich 2021-2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining, Televideniye va radioeshittirish yo‘nalishi magistraturasini a’lo bahoga tamomlagan. Bugungi kunda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil izlanuvchisi.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan pandemiya sharoitida respublika miqyosida “Onlayn eng yaxshi ilmiy maqola hamda innovatsion ixtirolar” tanlovini tashkil qilib vazirlikni maxsus tashakkurnomasiga sazovor bo‘ldi.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan pandemiya sharoitida respublika miqyosida “Eng yaxshi audio ijodkori” tanlovini tashkil qilib vazirlik tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.

2020-yilda “Axborotlashgan jamiyatda konstruktiv-psixologik xavfsizlikni ta’minlash asoslari” ilmiy monografiyasi chop etildi.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan talabalar o‘rtasida e’lon qilingan ilmiy-ma’rifiy maqolalar respublika tanlovida I- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2020-yilda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan respublika jurnalistlari uchun o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarini eng yaxshi yoritgan jurnalist” nominatsiyasida I- o‘rinni egalladi.

2021-yilda Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich Qozog‘iston Respublikasida «Jahon iste’dotlari» xalqaro uyushmasi tomonidan o’tkazilgan Abay ijodiga bag‘ishlangan xalqaro adabiy tanlovda medal bilan taqdirlandi. Hamda 2021-yilda esa uyushma a’zoligiga qabul qilindi.

 2021-yilda Qirg‘iziston Respublikasida faoliyat olib borayotgan “Qirg‘iz shoir-yozuvchilari jamoat fondi” a’zoligiga qabul qilindi va Markaziy Osiyo mintaqasi ijodkor yoshlari safiga kirdi.

2021-yilda Misr Arab Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro adabiy anjumanda “Taghrid Fayad” nomidagi adabiy mukofot ta’sis qo‘mitasining maxsus diplomi bilan taqdirlandi.

2021-yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat unversiteti Toshkent filiali tomonidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada onlayn ma’ruza qilib doktorant va magistrant talabalari orasida faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2022-yilda turkiy davlatlar jurnalistlari uchun TURKSOY Xalqaro tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan “TURKSOY xalqaro media mukofoti”ga sazovor bo‘ldi.

2022-yil, 5-dekabrda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

2022-yil, 15-dekabrda Prezident davlat stipendiyasi Respublika bosqichida faol ishtrok etib rag‘batlantruvchi sertifikat bilan taqdirlandi.

2024-yil, “O‘zbekiston media makonida feyk va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda mediasavodxonlikning o‘rni” mavzusida ilmiy monografiyasi chop etildi.

Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich Respublikada o‘tkazilgan ko‘plab ilmiy-amaliy konferensiyalar va turli mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining sermazmun ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari O‘zR VM qoshidagi OAK ro‘yxatiga kirgan jurnallar, anjuman to‘plamlarida shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya, Belarusiya, Ukraina, Hindiston, Bolgariya, Chexiya, Islandiya, Niderlandiya, Polsha, Ozarbayjon, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zining innovatsion va ilmiy g‘oyalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Bo‘ronov Nazim Mustafaqulovich erishgan yutuqlarida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Oltin qalam» mukofoti sohibi Saydi Umirov, filologiya fanlari doktori, professor Yoqutxon Mamatova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning maʼnaviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi jurnalisti Nargiza Dusimbetova, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zDJTU tarix fani o‘qituvchisi tarix fanlari nomzodi Oltinoy Masaliyeva, O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi Feruza To‘rayeva, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich texnika fanlari doktori (DSc), va boshqa ustozlarining hissasi katta.

Uning tashabbuskorligi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalqaro huquq assosiasiyasi, YUNISEF, Ozarbayjon, Turkiya madaniyat markazlari, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklari qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston Yoshlar ishlar agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Respublika yosh ijodkorlar kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Yoshlar media markazi” NTT kabi tashkilotlar tomonidan bir qator “Faxriy yorliq”lar, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanib kelmoqda. Bugungi kunda Nazim Bo‘ronov ustozi filologiya fanlari doktori, professor Yoqutxon Mamatova rahbarligida ilmiy tadqiqotini davom ettirmoqda.