Bolalardagi ko’z kasalliklarini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda

Cover Image for Bolalardagi ko’z kasalliklarini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda

Shanxay Jiao Tong universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqotchilari tomonidan mobil fotosuratlar yordamida bolalardagi miyopi, strabismus va ptozis kabi ko’z kasalliklarini aniqlaydigan sun’iy intellekt modeli ishlab chiqildi.

Mazkur modelni yaratish uchun tadqiqot guruhi 476 nafar bemorning 1419 ta tasviridan foydalandi. Xususan, 946 ta monokulyar va 473 ta binokulyar tasvir kasallikni aniqlash uchun xizmat qildi.

Ta’kidlash joizki, mobil tasvirlar orqali ko’z kasalliklarini aniqlash yuqori samaradorlikni qayd etib, bolalardagi ko’z kasalliklarini aniqlash, profilaktika qilish va kasallik xavfini kamaytirshga yordam beradi.