AQSHning Boston shahridagi “Perceptive” kompaniyasi sun’iy intellekt nazorati bilan inson tishlarida mustaqil ravishda muolajani amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan dunyodagi birinchi “robot tish doktori”ni taqdim etdi.
“New Atlas (https://newatlas.com/health-wellbeing/robot-dentist-world-first/)” saytining ma’lumotlariga ko’ra, mazkur texnologiya yordamida shifoxonadagi navbatlarni kamaytirshga erishildi. Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan ushbu robot ikki soat davom etadigan muolaja jarayonini 15 daqiqa ichida bajara oladi.
Ta’kidlash joizki, robot o’zining dastlabki sinov jarayonini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Tadqiqotchilar tishlarni mazkur texnologiya yordamida davolash tez, og’riqsiz va xavfsiz bo’lishini ta’kidlashmoqda.