“Birga kitob o’qiymiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi

Cover Image for “Birga kitob o’qiymiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida “Birga kitob o’qiymiz” shiori ostida kichik tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda institut xodimlari sevib mutolaa qilgan kitoblari haqida o’z taasurotlari bilan o’rtoqlashdi. O’zbek va jahon adabiyoti namoyandalari xususida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Xususan, kitob mutolaasi ma’naviy ozuqa manbayi, vaqtni mazmunli tashkil etishda beminnat hamroh ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi foydali kitoblar xodimlar ishtirokida keng muhokama qilindi.