Avtomobillar uchun mo‘ljallangan kamera yaratildi

Cover Image for Avtomobillar uchun mo‘ljallangan kamera yaratildi

Tsyurix universiteti tadqiqotchilari tomonidan avtomobillar uchun mo‘ljallangan kamera ishlab chiqildi.

Ushbu kamera haydovchisiz avtomobillarning xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydi. Shuningdek, mazkur kamera harakat davomida oddiy kameralarga nisbatan piyodalar, to’siqlar hamda velosipedlarni 100 baravar tezroq aniqlash imkoniyatiga ega.

“Biz ishlab chiqqan mazkur kamera sun’iy intellekt tizimiga asoslangan bo’lib, sekundiga 20 ta tasvirni tahlil qilish imkoniyatiga ega” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Davide Scaramuzza.

Tadqiqot guruhi ushbu kameradan avtohalokatlarning oldini olish hamda yo’l harakat qatnashchilarning xavfsizligini ta’minlashda foydalanishni rejalashtirgan.

Umida Abdusattorova tayyorladi.