Ta’kidlash joizki, insonlar tomonida yillar davomida tayyorlanib kelayotgan audio kitoblar bugungi kunda sun’iy intellekt tomonidan bevosita mukammal tarzda amalga oshirilmoqda. Xususan, SI tizimi orqali ushbu sohani qamrab olinishi audio muharrirlarining ish o’rnisiz qolishiga sabab bo’ldi.
AQShning yetakchi mutaxassis olimlarining fikriga ko’ra, SI tizimiga asoslangan texnologiyalar istiqbolli loyiha sifatida baholanadi. Xususan, bir nechta an’anaviy nashriyotlar allaqachon inson aralashuvisiz mavjud kontentdan matnlar, tasvirlar, videolar va ovozlarni yaratishi mumkin bo’lgan generativ SIdan foydalanmoqda.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Apple va Google ham sun’iy intellekt asosida yozilgan audio kitoblarga o’tishini e’lon qildi, ularning ta’kidlashicha, bu “audio kitoblarni yaratish hamma uchun, xususan, mustaqil mualliflar va kichik nashriyotlar uchun qulayroq bo’ladi.