3D-bosma “VR” qo’lqoplari orqali virtual borliqni his qilish mumkin

Cover Image for 3D-bosma “VR” qo’lqoplari orqali virtual borliqni his qilish mumkin

Shveytsariya Federal Materialshunoslik va Texnologiya laboratoriyasi tadqiqotchilari virtual olamni aqlli qo’lqoplar yordamida his qilishning yo’lini o’ylab topdi. Ushbu “VR” qo’lqoplarni tayyorlash “Manufhaptics” deb nomlangan loyiha tarkibida amalga oshirildi.

Mazkur qo’lqoplarni tayyorlashda virtual yuzalarni haqiqiy his qilishi va ob’ektlarni kerakli o’lchamda ekanini aniqlay olishi uchun uch xil turdagi aktuatorlarni birlashtirildi. Shuningdek, barmoqlarning bo’g’inlarida qo’lqopni qattiqlashtiradigan va harakatlantiradigan elektrostatik tormozlar o’rnatiladi.