Lourens Livermor Milliy laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan yorug’lik yordamida o’z shaklini o’zgartiradigan yangi yumshoq material ishlab chiqildi.
Xususan, “LCE” deb, nomlangan ushbu material yordamida ishlab chiqilgan robotlar suzish, tebranish hamda uchish kabi xatti-harakatlarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu texnologiyadan robototexnika va tibbiyot sohasida foydalanish rejalashtirilgan.