Yopiq binodagi favqulodda vaziyatlarda o’t o’chiruvchilarga yordam beradigan robot yaratildi

Cover Image for Yopiq binodagi favqulodda vaziyatlarda o’t o’chiruvchilarga yordam beradigan robot yaratildi

Universidad Rey Juan Carlos va Universidad Autónoma de Madrid tadqiqotchilari o’t o’chiruvchilarga yopiq muhitda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam beradigan yer robotini yaratdi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu robot yong’in sodir bo’lgan vaziyatlarda zararlangan hududlarga kirishi va evakuatsiya paytida qutqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashi mumkin.

Mazkur robot, atrof-muhitni kuzata oladi hamda to’plagan ma’lumotlarni insonlarga ulashadi. Shuningdek, xona ichidagi harorat, namlik, havo sifatini hamda boshqa obyektlarning holatini tekshiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, robotda uch turdagi ish rejimi mavjud bo’lib, ular qo’l rejimi yan’iy klaviatura orqali, joystik yoki joypad yordamida masofadan boshqarish hamda grafik foydalanuvchining interfeysi orqali boshqarish rejimiga asoslangan.