Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining kichik majlislar zalida “Yong’in xavfsizligi va fuqaro himoyasi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi profilaktika va nazorat bo’linmasi katta inspektori, katta leytenant B.Abdujabborov tomonidan yong’in xavfsizligi hamda favqulodda holatlarda to’g’ri harakatlanish bo’yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida xodimlarga ehtiyotsizlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan yong’in vaqtida o’t o’chirish moslamalaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tayyorlangan is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari va unga qarshi profilaktik choralar ko’rish bo’yicha videorolik namoyish etildi.


