Surunkali davom etadigan yomg’irli ob-havodan so’ng katta yo’llarda cho’kish, yoki chuqurlar hosil bo’lishi mumkin. Bu esa o’z navbatida shinalarning portlashi va avtomobillar va yuk mashinalarining konstruktiv shikastlanishiga olib keladi,
Ushbu muammoni his etgan Sidney Texnologiya universiteti olimlari “intelligent compaction” deya nomlangan yo’ldagi nosozliklarni kuchli bosim yordamida siqish texnologiyasini ishlab chiqdi.
Arzon va qulay bo’lgan yo’l ta’mirlash texnologiyasi yo’ldagi qattiq qatlamning sifatini teshirish borasida mashinani o’rganish va qurilish maydonchalarining katta ma’lumotlarini o’z ichiga olgan ilg’or kompyuter modeliga asoslanadi.
“Engineering Structures” jurnalida chop etilgan tadqiqot ishi shuni ko’rsatadiki, aqlli texnologiya yo’l sifatini aniq baholay oladi hamda og’ir ob-havo sharoiti uchun yaxshiroq bardosh bera oladigan uzoq muddatli yo’llarni qurishga yordam beradi.