Yara bitishini tezlashtiragan “Aqlli” bandaj yaratildi

Cover Image for Yara bitishini tezlashtiragan “Aqlli” bandaj yaratildi

Stenford universiteti tadqiqotchilari gidrojel bilan birlashtirgan simsiz “aqlli” bandajni yaratdi. Ushbu qurulma bir vaqtning o’zida shifo jarayonini kuzatish va yarani davolash orqali to’qimalarni tiklashni tezlashtiradi.

Bundan tashqari, qurulmadan surunkali yaralarni davolashda ham foydalanish mumkin. Shuningdek bakterial infektsiyalarni cheklaydi va to’qimalarning o’sishini tezlashtiradi hamda to’qimalarni tiklashga yordam berish uchun yara yuzasidagi biofilmlarning rivojlanishini oldini oladi.

Artem Trotsyukning ta’kidlashicha, Aqlli bandaj jarohat bitishi bilan teridagi harorat o’zgarishini sezadi, ya’ni yaralar bitishi jarayonida elektr impedans ortadi va yallig’lanish yaxshilanishi bilan harorat ham pasayadi.