Yangi materiallar uzoq muddatli implantatsiya qilinadigan batareyalarni yaratishga imkon beradi

Cover Image for Yangi materiallar uzoq muddatli implantatsiya qilinadigan batareyalarni yaratishga imkon beradi

MIT tadqiqotchilari qayta zaryadlanmaydigan yoki “asosiy” batareyalarning energiya zichligini yaxshilash yo’lini o’ylab topishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur usul batareyadan foydalanish muddatini 50% gacha oshirishga yoki ma’lum miqdordagi energiya sig’imi uchun hajm va vaznini mos ravishda kamaytirishga imkon beradi. Shuningdek, batareya xavfsizligini kuchaytiradi va ishlab chiqarish xarajatini kamaytiradi.

Batareya materiallari o’rtasida sezilarli farq mavjud. Yangi qo’llanilgan material inson tanasi haroratida ishlaydi va tibbiy implant uchun mos keladi.

Tadqiqotchilar tibbiy maqsadlarda ushbu yangi materialga asoslangan batareyadan elektron yurak stimulyatori yoki boshqa tibbiy implantdagi ya’ni jarrohlik muolajani talab qiladigan sohada foydalanishga mo’ljallagan.

OTABEK Usmonov O’zDJTU, Xalqaro jurnalistika yo’nalishi 1-bosqich talabasi