Garvard tibbiyot maktabi va Garvard TH Chan jamoat salomatligi maktabi tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalariga ko’ra endometrium saratoni kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlaydigan kompyuter modelini ishlab chiqdi. Endometrium saratoni uchun model yaratishda kasallikning oldingi ikkita xavfli bosqichi ma’lumotlari mashinani o’rganish tizimi yordamida o’qitildi.
Shuningdek, yosh doirasida o’tkazilgan tajriba-sinov ishlariga ko’ra 45-85 yoshdagi ayollarda endometrium saratonining umumiy xavfi o’rtacha 5,4 foizni tashkil etishini aniqladilar.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda endometrium saratoni Amerika Qo’shma Shtatlardagi eng keng tarqalgan ginekologik kasallik hamda ushbu kasallikka chalingan ayollarning soni kun sayin ortib bormoqda.