Gonkong shahar universitetining biotibbiyot va mexanik muhandislar jamoasi hamda Beyxang universiteti va Shandun universiteti hamkorlikda virtual borliqda hid sezish stimullarini uzatish uchun mo‘ljallangan tizimning ikkita yangi versiyasini ishlab chiqdi.
“Nature Communications” jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda virtual borliqni his qilishda hid va ta’m sezgisi kamlik qilishi atroflicha tadqiq qilindi. Natijada mazkur sezgilarni his qilishda ko’maklashish uchun ikki xil tizim yaratildi.
Tadqiqotchilar tizimni tahlil qilishda bir nechta ko’ngillilarning hid bilish sezgisini sinovdan o’tkazdi. Ushbu tajriba jarayoni 1,44 soniyani tashkil etdi. Yakuniy natijalarga ko’ra endilikda VR olamdan foydalanuvchilar hid va ta’mni his qilishlari mumkin bo’ldi.