VEON AdTech kompaniyasi bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Cover Image for VEON AdTech kompaniyasi bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga VEON AdTech kompaniyasi direktori George Held boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.

Dastlab, institut direktori Anvarxodja Kadirov xorijlik vakillarini institutda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shu jumladan, mazkur uchrashuv doirasida institut hamda VEON AdTech kompaniyasi bilan hamkorligida kelgusida rejalashtirilgan ilmiy-amaliy loyihalar o’zaro muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar kelishuviga ko’ra hamkorlik aloqalarining istiqbolli yo’nalishlari belgilab olindi.