Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga U-BSS kompaniyasi rahbariyati tashrif buyurdi.
Xususan, tashrif doirasida bugungi kunda raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarga bosqichma-bosqich joriy etish hamda sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni yanada rivojlantirish yuzasidan o’zaro fikr-mulohazalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida institut va U-BSS kompaniyasi o’rtasida Hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

