Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutiga Turkiya Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar federatsiyasidan mas’ul vakillar tashrif buyurdi.
Dastlab, vakillar Turkiya Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar federatsiyaning bugungi kundagi faoliyati hamda hamkor davlatlar bilan amalga oshirilayotgan qo’shma loyihalar bilan yaqindan tanishtirdi. Xususan, institut direktori Anvarxodja Kadirov xorijlik mehmonlarga institutning dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga doir loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, tashkilotlar o’rtasida kelgusidagi qo’shma loyihalarni amalga oshirishga doir rejalar o’zaro kelishib olindi.