Takomillashtirilgan robot tutqich yaratildi

Cover Image for Takomillashtirilgan robot tutqich yaratildi

Purdue universiteti va Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan takomillashtirilgan robot tutqich yaratildi.

Ushbu robot tutqichning dizayni inson qo’lidan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, murakkab obyektlarni ko’chirish va joylashtirish imkoniyatiga ega.

Tadqiqotchi Yu Shening ta’kidlashicha, robotda ikkita barmoq mavjud, tutqichning chap barmog’iga ko’rish vazifasini bajaruvchi kichik sensorli kamera o’rnatilgan. Shuningdek, tutqich barmoqlari yordamida 3D bosib chiqarish mumkin.

Ma’lumot uchun, tadqiqot guruhi ushbu robotning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda.