Surrey universiteti tadqiqot natijalariga ko‘ra, 24 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar kuniga o‘rtacha olti soat vaqtlarini internetda o‘tkazadilar. Shuningdek, 24 yosh va undan kattalar esa kun davomida 4-6 soat vaqt sarflaydi. Olimlar jami 796 ishtirokchilarning internetda qancha vaqt davomida foydalanishi mumkinligini beshta spektrga ajratib ko’rsatdi:
➡️Tasodifiy foydalanuvchilar(14,86%). Ma’lum vaqt davomida kerakli vazifalarini bajargandan so’ng internetdan chiqib ketadi. Bunday holat asosan 33 yoshdan kattalarda sodir bo’ladi.
➡️Dastlabki foydalanuvchilar(22.86%). Bu toifa vakillari 26 yosh va undan kattalar bo’lib, ular o’zlari rejalashtirganidanda ko’proq vaqtlarini internetga sarflaydilar. Ammo, ular o’zlarini qaram deb, hisoblamaydilar.
➡️Eksperimentchilar (21,98%). Ushbu guruh internetga ulanmagan holatda o’zlarini noqulay his qiladilar shuningdek, barcha yangi ilovalarni sinovdan o’tkazib ko’rishadi. Bu hodisa asosan 22-24 yoshdagi foydalanuvchilarda kuzatiladi.
➡️Internetga qaram bo’lmagan foydalanuvchilar (17.96%). Bu toifa o’zlarini internetdan foydalanmayotgan vaqtda noqulay bo’lishlarini tan olmaydilar.
➡️ Internetga “giyohvand” singari qaram bo’lgan foydalanuvchilar(22.36%). Bu guruh internetsiz hayotni tasavvur qila olmasligini ochiq tan oladi.
Siz qaysi toifaga mansubsiz?