Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yangi quloqchin namoyish etildi

Cover Image for Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yangi quloqchin namoyish etildi

Vashington universiteti tadqiqotchilari quloqchinlar uchun mo’ljallangan “Maqsadli nutqni eshitish” deb, nomlangan sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi. Ushbu tizim quloqchin foydalanuvchilariga atrofdagi keraksiz tovushlarni filtrlash imkonini beradi.

Tizimdan foydalanish uchun tinglovchi quloqchinga o’rnatilgan mikrofon orqali suhbatdoshiga diqqatni qaratadi va tugmani bosadi. Natijada atrofdagi tovush to’lqinlari tahlil qilinib, bir vaqtning o’zida quloqchinlarga yetib boradi shuningdek, tizim 16 gradusda ham ishlay oladi.

“Bu loyihada biz quloqchin foydalanuvchilarining xohish-istaklarini hisobga olgan holda, eshitish qobiliyatini o‘zgartirish uchun sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdik. Ushbu qurilmamiz yordamida siz shovqinli muhitda ham tanlangan ovozni aniq eshitishingiz mumkin” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Shyam Gollakota.

Ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi kelajakda ushbu tizimni barcha eshitish moslamalarida sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Choriyeva Charos tayyorladi