Sun’iy intellekt she’r yoza oladimi?

Cover Image for Sun’iy intellekt she’r yoza oladimi?

Sun’iy intellekt texnologiyasining rivojlanishi tufayli bugun ayrim modellar she’r yozish kabi imkoniyatlarga ega. Ajablanarlisi SI yordamida yaratilgan she’rlar omma tomonidan ijobiy ruhda qabul qilinmoqda.

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan she’rlarni insonlar mashhur shoirlarning she’rlaridan ajratishda qiynalmoqda.

Tajriba jarayonida 1634 ta ishtirokchi tanlab olingan va inson hamda SI ijod mahsuli bo’lgan 10 ta nazmiy asarni mutolaa qilgan. Natijada qatnashuvchilarning 46 foizi she’rlarni inson yoki sun’iy intellekt yozganini to‘g‘ri aniqlagan. Bu esa tasodifiy tanlashdan ham pastroq ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma’lumot o’rnida, olimlar sun’iy intellekt she’riyati insonlar tomonidan aniq va tushunarli qabul qilinganini hamda SI inson ijodiga juda ishonchli tarzda taqlid qila olishini alohida