Xitoyning Tsinghua universiteti shaharsozlik bo’yicha tadqiqot guruhi sun’iy intellektning shaharsozlik loyihalarni yaratishda insonlardan ustun ekanligi aniqladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, o’tkazilgan tajriba jarayonida sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan loyiha 15 daqiqa davomida ishlab chiqildi. Xususan, tizim shu qisqa vaqt davomida umumiy shahar loyihasini yaratishda hattoki oromgoh, ko’kalamzorlar, velosiped yo’llari va ko’ngilochar joylarni ham aniq tasvirlay olgan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan murakkab shahar dizaynlari vaqtni tejashi bilan birga insonlar uchun bir qancha qulayliklarni yaratadi.