So’zlashish imkoniyati cheklangan insonlarga yordam beradigan tizim yaratildi

Cover Image for So’zlashish imkoniyati cheklangan insonlarga yordam beradigan tizim yaratildi

Meta AI tadqiqotchilari insult hamda miya kasalligi tufayli gapirish qobiliyatini yo’qotgan bemorlarning fikrini kompyuter interfeysi orqali bayon etish imkoniyatini beradigan tizimni yaratdi.

Xususan, sun’iy intellektga asoslangan ushbu tizim “miya moduli” va “nutq moduli” deb, nomlangan ikkita asosiy qismdan iborat. Shuningdek, tadqiqot hozirgi kunda rivojlanishning dastlabki bosqichidadir. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur tizimni, keyinchalik kasalxonalar sharoitlarida sinovdan o’tkazish rejalashtirilgan.