SI yordamida yaratilgan fishing havolalarni bloklaydigan dasturiy ta’minot yaratildi

Cover Image for SI yordamida yaratilgan fishing havolalarni bloklaydigan dasturiy ta’minot yaratildi

Arlingtondagi Texas universiteti tadqiqot jamoasi tomonidan “ChatGPT” kabi sun’iy intellektga ega chatbotlarning fishing veb-saytlarni yaratishiga to’sqinlik qiluvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.

Jamoa a’zolarining bildirishicha, ushbu dasturiy ta’minot sun’iy intellekt chatbotlariga fishing veb-saytlarni yaratish uchun kiritilgan ko’rsatmalarni aniqlash va rad etish imkonini beradi.

Tadqiqot guruhi, ushbu modelga fishing veb-saytlarni yaratish uchun qo’llaniladigan turli ko’rsatmalarni aniqlash, shuningdek, kalit so’zlarni tanib olish hamda ularga javob berish uchun muvaffaqiyatli o’rgatildi. Bu esa, shubhali takliflarni rad etish va bloklash imkoniyatini oshiradi.

Ta’kidlash joizki, jamoa kelgusida ushbu chatbotlarni boshqaradigan yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan, Google va OpenAI bilan bog‘lanib, modelni SI xavfsizligining kengroq strategiyalariga integratsiya qilishni maqsad qilgan.