Buyuk Britaniyaning NHS (Milliy sog‘liqni saqlash xizmati)ning xabar berishicha, sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan birinchi fizioterapiya klinikasi ishga tushiriladi.
Tadqiqotchi Euan McComiskiening fikricha, ushbu tizim uzoq vaqt talab etadigan kutish va ro’yxatga olish jarayonlarini bartaraf qilish hamda tayanch-harakat tizimi xizmatlari va fizioterapevtlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sinov mashg‘ulotlari jarayonida bemorlar bilan haftalik video uchrashuvlar tashkil qilinib, raqamli tizim bemorlardagi kasallik alomatlarini davolash usullariga moslashtirgan holda turli mashqlarni tavsiya qiladi.
Ma’lumot o’rnida, ilk SI klinikasi joriy yilning yoz oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, orqa bo’yin va tizza og’rig’i bilan kasallangan bemorlar “Flok Health” platformasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.