Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda, yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha hamda dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar koʻrib chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ushbu yoʻnalishlar boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etgan.