Kichik hajmdagi robotlarni yaratish va ulardan foydalanish butun dunyo bo’ylab ommalashmoqda. Xususan, mazkur tadqiqotlarning davomi sifatida Bristol universiteti olimlari tomonidan “Tetraflex” deb, nomlangan egiluvchan robot yaratildi.
Tetraedr shaklidagi ushbu robot egiluvchan kichik quvurlardan tashkil topgan bo’lib, harakatlanish qiyin bo’lgan hududlarga osongina moslasha oladi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu robotlardan sanoat korxonalaridagi quvurlarni tozalashda shuningdek, tabiiy ofat sodir bo’lgan yerlarda qidiruv maqsadida foydalanish mumkin. Hozirda tadqiqot guruhi robotni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.