Robotlar endi notekis joylarda ham bemalol harakatlanishi mumkin

Cover Image for Robotlar endi notekis joylarda ham bemalol harakatlanishi mumkin

Karnegi Mellon Universiteti dotsenti Aaron Jonson boshchiligidagi tadqiqot guruhi, reaktiv yurish strategiyasini ishlab chiqish uchun to’rt oyoqli robotdan foydalanishdi. Bu haqida “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.

“Ma’lumki, robototexnika sohasida noteks yerlarda harakatlanadigan hamda turli xil muhitga moslasha oladigan robotlar ustida katta ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, biz ishlab chiqqan tizim to’siqlardan osonlik bilan harakatlanishi uchun robotlarga qulay imkoniyat beradi” – dedi Illions universiteti muhandislik professori hamda Urban-Champaign loyiha bo’yicha hamkor Jastin Yim.

Tadqiqotchilarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, ushbu to’rt oyoqli robotdan endilikda, neftni qazib olish jarayonida foydalanish mumkin.