Rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan jarrohlik amaliyoti vaqtida rentgen ko’rish imkoniyatini taqdim etadigan ko’zoynak yaratildi. “Medcitan Vision” deb, nomlangan mazkur ko’zoynaklar navigatsiya tizimi bilan jihozlangan bo’lib AR texnologiyasidan foydalanadi. Xususan, ko’zoynaklar MRT va KT ma’lumotlari asosida bemor tanasining ichki tuzilish gologrammasini yaratadi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, intuitiv interfeysga ega bo’lgan ushbu qurilma shifokorlarning jarrohlik amaliyotiga sarflaydigan vaqtini qisqartirish hamda inson tanasidagi xavfli o’simtalarni aniqlash uchun mo’ljallangan.