Red Team Attempts – model testing uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi

Cover Image for Red Team Attempts – model testing uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi

Red Team Attempts – bu Anthropic tomonidan sun’iy intellekt modellari uchun xavfli yoki zararli natijalarni aniqlash maqsadida yaratilgan maxsus ma’lumotlar bazasi. Ushbu ma’lumotlar bazasi “red team” yondashuvi orqali modelni test qilish uchun ishlab chiqilgan.

Ma’lumotlar bazasi sun’iy intellekt modellari bilan ishlash jarayonidagi yetishmovchiliklarni o‘rganish, modellarning potensial xavfli javoblarini aniqlash va tahlil qilish hamda sinovlar orqali modelni yanada ishonchli qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu loyiha ochiq manba sifatida GitHub (https://github.com/anthropic) platformasida mavjud bo‘lib, tadqiqotchi va dasturchilar uchun foydali resurs hisoblanadi.