“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-25-son, 01.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.
🗓 2024 yil 1 iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi. Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
➖ Raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
➖ Bojxona va soliqqa tortish;
➖ Mehnat munosabatlari;
➖ Moliya va bank faoliyati;
➖ Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
➖ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
➖ Intellektual mulkni himoya qilish;
➖ Tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish.
Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.