Joriy yilning 27-28-sentabr kunlari Buxoro shahrida, O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Buxoro davlat universiteti hamkorligida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, texnika fanlari doktori, professor Z.M.Salixov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo’lib o’tadi.
⚡️ Konferensiya doirasida mamalakatimiz va xorijda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida faoliyat olib borayotgan yetuk olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi. Konferensiya ilmiy hamjamiyatni yangi g‘oyalar va kashfiyotlar bilan boyitib, dolzarb mavzularni qamrab olishi kutilmoqda.
🎥Ushbu konferensiyani ZOOM orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin: https://rb.gy/5j82po (ID: 833 5258 3447, Код: 1)