Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari uchun 2023-yil 15-sentabrdan hujjat qabul qilish boshlanadi. Hujjatlarni topshirish “phd.mininnovation.uz” platformasi orqali 2023-yil 15-oktabr kun yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish bo‘yicha 2024-yil uchun qabul kvotalari ixtisosliklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Ixtisoslik | Doktorantura | Tayanch doktorantura | Stajor-tadqiqotchi | |
05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash | 1 | 4 | 4 | |
05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari | 1 | 1 | ||
05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui | 2 | 3 | 4 | |
05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt | 2 | 6 | 4 | |
Jami | 5 | 14 | 13 |
Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Stajor-tadqiqotchilik bosqichi talabgorlari:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
5. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
8. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa);
Tayanch doktotnatura bosqichi talabgorlari:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
5. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
7. Xorijiy tilni bilish darajasini tadiqlovchi sertifikat(B2 yoki undan yuqori daraja);
8. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; (agar mavjud bo‘lsa);
9. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa);
Doktorantura bosqichi talabgorlari:
1. Ariza;
2.Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Pasport nusxasi;
5. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
6. Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
7. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
8. Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat(B2 yoki undan yuqori daraja);
9. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa).