Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutida “Ona tilim-millat ko’zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutida “Ona tilim-millat ko’zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti majlislar zalida 21-oktabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Ona tilim-millat ko’zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirni kirish so’zi bilan institut direktorning ishlab-chiqarish va umumiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Aziz Nuriddinov ochib berdi.

Tadbir davomida o’zbek tili korpus lingvistikasidagi muammolarni oldini olishga doir masalalar o’zaro muhokama qilindi. Shuningdek, elektron lug’atlarni shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanishga doir taklif va tavsiyalar tinglandi.