Bugun Institutning majlislar zalida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda “21-oktyabr — O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Raqamli texnologiyalar sohasida o’zbek tilining o’rni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirni kirish so’zi bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov ochib berdi va o’zbek tilining bugungi kundagi maqomi, uning rivojlanishi va raqamli texnologiyalar sohasidagi o’rnini alohida ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, tadbirda “O’zbek tilida raqamli texnologiyalarga oid atamalarni OAVda yoritish muammolari”, “Til millat ko’zgusi”, “O’zbek tilining matematika fani misolida rivojlanish tarixi. Qadimiy bilimlardan zamonaviy texnologiyalarga qadar” mavzularida ma’ruzalar bo’lib o’tdi.
Tadbir so’ngida o’zbek tili korpus lingvistikasidagi muammolarni oldini olishga doir masalalar o’zaro muhokama qilinib, elektron lug’atlarni shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga doir taklif va tavsiyalar tinglandi.






